17:02 / 16.04.2024
99

Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi

Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi
Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvidagi Toshkent shahar IIBB YHXBB.ning ma’muriy qarorlari yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlar jarayonida qarzdor fuqaro Sh.K.dan jami 36 marotaba 29 mln. 500 ming so‘m miqdoridagi jarimalarni undirish yuzasidan qarorlar mavjudligi aniqlandi.

Fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan mazkur jarimalar 36 marta maxsus avtomatlashtirilgan foto va video moslamalari orqali qayd etilgan bo‘lib, qarzdor fuqaro tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmay yo‘llarda harakatlanishi oqibatida yuzaga kelgan.

Salkam 30 mln. so‘m miqdoridagi jarimani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Jarima summalari ogohlantirishlarga qaramasdan to‘lanmaganligi sababli qarzdorga tegishli "Cobalt" avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari hamda tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasi qidiruvdan topilib, onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi