443
Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi
Foto: Boris Ushmaykin
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2023-2024 yillar vegetatsiya mavsumida suv omborlari limitlari va ish rejimlaridan foydalanish yakunlari muhokama qilindi.
Eng muhim masala Sirdaryo va Amudaryo havzalarida 2024 yilgi vegetatsiya davri uchun mamlakatlarning suv olish limiti va suv omborlari kaskadining prognoz ish rejimini tasdiqlash bo‘ldi.
Hozircha komissiya rasmiy saytida mintaqa davlatlari tomonidan dalalarni sug‘orish uchun qancha suv olinishi, Orol dengiziga qancha suv yetkazilishi haqida ma’lumot yo‘q.
Har yili limitga ko‘ra Amudaryo havzasidan suv olish 56 milliard kub metrni tashkil etadi, shundan 40 milliard kub metrga yaqin suv vegetatsiya davrida – apreldan oktyabrgacha to‘g‘ri keladi. Kelishuvga ko‘ra, o‘tgan yillarda vegetatsiya davrida Tojikistonga 6,9 milliard kub metr, O‘zbekistonga 16 milliard, Turkmanistonga 15,5 milliard kub metr suv yetkazib berilgan.
Sirdaryo havzasidan har yili suv olish limiti esa taxminan 11,9 milliard kub metrni tashkil etadi, shundan Tojikistonga 1,9 milliard kub metr, O‘zbekistonga 8,8 milliard, Qozog‘istonga 920 million, Qirg‘izistonga 270 million kub metr suvni yozgi vegetatsiya davrida olish mumkin.
2024 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarida sug‘oriladigan yerlar maydoni:
O‘zbekiston – 4,3 mln gektar;
Qozog‘iston - 2,5 million gektar;
Turkmaniston - 1,9 million gektar;
Qirg‘iziston - 1 million gektar;
Tojikiston - 0,68 million gektar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”