359
Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda sartarosh mijoz sifatida kelgan yigitning sochini jahl ustida kalga olib tashlagani aks etgan videolar tarqaldi.
Holat Toshkent viloyati Toshkent tumani (Keles shaharchasi)da bo‘lgani aytilmoqda. Sartarosh mijozni soch va soqolini kalta qilishni birdaniga aytmaganlikda ayblagan.
“Hammamiz odammiz, men senga tushuntirdim: soqolimni to‘g‘irla deding, to‘g‘irladimmi? Kokilimni kesing deding, kesdimmi? Sochimni siyraklating deyapsan, siyraklatyapman. Hammasini bittada aytib qo‘ymaysanmi? Men pastdan chiqmayman, tepadan tushib kelaman”, degan sartarosh. Mijoz yigit bunga javoban uzr so‘ragan.
Sartarosh mijozning qayerda ishlashini ham so‘ragan. Yigit bu so‘rovga javoban bobosining qo‘lida ishlashini aytgan. Shundan so‘ng sartarosh uning sochini kalga olib tashlagan. Mijoz esa uning bu harakatidan norozi bo‘lgan.
“Nima qilasan? Nima bo‘ladi endi? Kimni chaqirasan, buvingni chaqirasanmi? Mana, videoga olyapti, hamma narsam bor, kimga aytasan? “Uchastkavoy”ga aytasanmi? Sudga aytasanmi? “Melisa” keladimi oldimga? Tushuntiryapmanmi senga? Yana nima qilib beray, ukam? Adashsang ayb menda emas-ku. Nega sen adashasan-u, men javob berishim kerak? Shuni to‘g‘ri tushuntirsang, pulingni ham olmayman”, degan sartarosh mijoz bilan suhbatda.
Sartarosh esa qilgan ishiga quyidagicha izoh berdi va uzr so‘radi: “Xizmat vaqtimda menga notanish bo‘lgan fuqaro soch oldirish uchun keldi. Sochingni olaymi, soqolingnimi, deb 3-4 marta so‘radim. U sochimni oling, soqolimni oling, dedi. Jahl ustida qizishib ketib kalga olib tashladim. Undan, ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlaridan uzr so‘rayman. Holat bo‘yicha har qanday jazoga roziman. Qilgan ishimdan pushaymonman. O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rayman”.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari (6 mln 800 ming)dan 40 baravari (13 mln 600 ming so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sartaroshning mijozga nisbatan xatti-harakatlari kodeksning mazkur moddasi bilan malakalanishi mumkin. Ammo buning uchun jabrlanuvchi, ya’ni sochi kalga olib tashlangan mijozning ichki ishlar organiga arizasi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismiga ko‘ra, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan (68 mln so‘m) 400 baravarigacha (136 mln so‘m) miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosiga sabab bo‘ladi.
Viloyat IIBBga ko‘ra, holat 2022 yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgunga qadar yoki o‘tgan davr mobaynida IIOga murojaat kelib tushmagan. Holat yuzasidan belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rilib, natijasi bo‘yicha jamoatchilikka axborot beriladi.
Toshkent tumanida yashovchi sartaroshning xatti-harakatlari Toshkent viloyati IIBB nazoratida tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘rganildi va qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?