date
views 373

Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video)

Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video)
2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekiston arenalarida bo‘lib o‘tadi. O‘FA matbuot xizmati mundialga mezbonlik qiladigan shaharlar nomlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, musobaqa Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi Jahon chempionligi uchun kurash olib boradigan mazkur musobaqa tarixda 10-bor tashkil etilmoqda. Unda g‘olib Portugaliyadan tortib, besh karra chempion Braziliya, shuningdek, Fransiya va Yangi Zelandiya kabi debyutantlar joriy yilning 14 sentyabr — 6-oktyabr kunlari yurtimizda jam bo‘lishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video)