Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Farg‘ona viloyatida jinoyat sodir etib, qidiruvda bo‘lgan yana bir shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Unga ko‘ra, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tumanlararo PPX otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, Oltiariq tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan D.S. qo‘lga olindi.
Aprel oyida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati va JTSB 1-Mintaqaviy hudud 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan D.I.ni qo‘lga olgandi.
“Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi”, — deya murojaat qilgan viloyat IIB. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi