2023 yilda huquq-tartibot idoralari tomonidan bir nechta tadbirlar o‘tkazildi, jinoyatchilar qo‘lga olindi. Ular orasida allaqachon sud hukmi o‘qilib qamalgan yoki tergov harakatlari o‘tkazilayotganlari ham bor. Bu kabi tadbirlardan mansabdorlar ham chetda qolmadi. Qo‘lga olinganlar orasida sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham bor edi. U oxirgi 7 yilda qo‘lga olingan eng yirik amaldor hisoblanadi.
Navbat prokuratura organlariga keldi chog‘i, bir necha kundan buyon Bosh prokuror o‘rinbosari, boshqarma boshliqlari va Toshkentning "zam" prokurori ishdan olingani haqidagi gap-so‘zlar bolalamoqda. Xo‘sh, tozalash navbati prokuraturaga keldimi? To‘g‘risini aytganda, hozircha “ishdan olindi”, “ariza yozdi” degan xabarlar har bir OAVning o‘z manbasiga tayanib berilayotgan ma’lumotlar aslida, shu paytgacha bu haqda birorta rasmiy axborot berilgani yo‘q.
Shu kabi xabarlardan birinchisi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, “zam” prokuror Shamsiddin Sohibnazarovning lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra ozod qilinishidir.
Bu ma’lumot 15 aprelda tarmoqlarga sizdirildi. OAVlar esa o‘z manbalariga tayanib, Shamsiddin Sohibnazarovning ishdan olingani emas, bo‘shash uchun ariza yozganini aytmoqda.
Sohibnazarov ushbu lavozimda 2023 yilning oktyabridan beri ishlab kelayotgandi. U bu mansabga o‘zidan o‘zi emas, joriy yil boshida imzolangan Prezident farmoni bilan kelgan. Qo‘shimcha qilish kerakki, "Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonunning 18-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
Shuningdek, BPning boshqa mansabdorlari ham ishdan bo‘shash haqida ariza yozgani aytilmoqda. Ammo bu xabar ham hozirgacha rasman tasdiqlangani yo‘q.
Qalampir.uz manbalariga ko‘ra, Bosh prokuraturaning:
- 17-boshqarma, ya’ni Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrochi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i;
- 18-boshqarma – O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i;
- 21-boshqarma – Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i ham o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etish haqida Bosh prokuror nomiga ariza yozgani aytilmoqda.
Shu bilan prokuraturadagi ishdan bo‘shatishlar tugamadi. Qalampir.uz manbasiga ko‘ra, Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Anvar O‘rmonov ham lavozimidan "uchgan" bo‘lishi mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, barcha OAV o‘z manbalariga tayanib, ma’lumot beryapti. Lekin ayni paytda prokurorlarning otasi bo‘lgan Bosh prokuratura sukut saqlashni ma’qul ko‘ryapti.
Maqola muallifi
Feruza Najmiddinova
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Feruza Najmiddinova
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari