18:32 / 22.04.2024
193

“Tolibon” O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

“Tolibon” O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Foto: Tasnim
“Tolibon” hukumati O‘zbekiston bilan munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun mamlakatga yangi elchisini tayinladi. Bu haqda bir qator afg‘on manbalariga tayanib, Tasnim agentligi xabar berdi.

“Tolibon” hukumatiga yaqin manbalar oldinroq vazifaga tayinlangan Mo‘g‘furulloh Shahob o‘rniga Abdul G‘ofar Bahr Kobul ma’muriyatining Toshkentdagi elchisi etib tayinlanganini ma’lum qilgan. Oldingi elchining qisqa muddatda vazifasidan olinishi sababi ma’lum qilinmagan.

Xabarda aytilishicha, yangi tayinlangan elchi Abdul G‘ofar Bahr Afg‘onistonning Qandahor viloyatidan. U muqaddam “Tolibon” hukumatining Oliy sudida tekshiruv va tadqiqot bo‘limi direktori bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida “Tolibon” hukumati mamlakat kon va neft vazirining o‘g‘li Mo‘g‘furulloh Shahobni O‘zbekistonga elchi etib tayinlagan edi. Mo‘g‘furulloh Shahob Toshkentga elchi qilib yuborilgan “Tolibon”ning rasman birinchi vakiliga aylangan.

Oldinroq “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda amaldorlarga qarindoshlarini davlat muassasalariga ishga olishni taqiqlab qo‘ygan edi. Biroq ushbu chora ko‘p hollarda o‘z maqsadiga erishmagan.

Mo‘g‘furulloh Shahobdan oldin sobiq Afg‘oniston hukumatining vakili Ahmad Xolid Elimiy Toshkentda faoliyat yuritgan. eski Afg‘oniston hukumati qulashidan to rasmiy “Tolibon” hukumati tomonidan Toshkentga birinchi elchi tayinlangunga qadar o‘tgan ikki yil davomida Ahmad Xolid Elimiy “Tolibon” Tashqi ishlar vazirligi nazorati ostida ishlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Tolibon” O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi