18:32 / 23.04.2024
180

Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi

Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi
Foto: Skrinshot
Andijon viloyatida bojxona postidan jangovar o‘q-dorilar olib o‘tilishiga urinish aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan farzandini bolalar aravachasida yetaklab kirib kelgan ayol tekshiruvdan o‘tkazilgan.

"Ushbu ayol bolalar aravachasining tag qismida hosil qilingan yashirin bo‘lmaga 4,5 mm kalibrli 32 ming dona qo‘rg‘oshin o‘qlarni xufiya tarzda joylashtirib, olib o‘tishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan mazkur o‘qlarning umumiy qiymati 9 million so‘mdan oshmoqda
", — deyiladi qo‘mita axborotida.

Mazkur postda aniqlangan yana bir bojxona qonunbuzilishi holatida esa jangovar o‘qlarning respublika hududiga olib kirilishining oldi olindi.

Foto: Skrinshot
Respublikaga kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi boshqaruvida kirib kelgan avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, salondagi o‘rindiqlar ostiga 7 dona 5,45 mm kalibrli jangovar o‘qlar yashirilgani fosh bo‘lgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bojxona xodimlari tomonidan joriy yilning dastlabki choragida aniqlangan 42 ta qonunbuzarlik holatlarida 10 dona qurol, 858 dona o‘q, 437 dona gilza, 900 dona kapsula, 8,2 kilogramm drob va 2,4 kilogrammdan ziyod portlovchi moddalar kontrabandasiga chek qo‘yilgan.

O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, mazkur yo‘nalishda aniqlangan holatlar soni 16 taga, ushlab qolingan qurollar 2 taga, o‘qlar esa 657 taga ko‘paygan.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston hududiga olib kirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi