18:53 / 03.05.2024
153

Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin

Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ota-bobolari o‘zbekistonlik bo‘lib, Saudiya Arabistonida yashab kelayotgan, yirik biznesga ega tadbirkorlar – Vision Ambassadors hamta’sischisi Osama Kokandiy, Sodiq At-Tijoriya kompaniyasi rahbari Emet Abdulaziz hamda arab ishbilarmon Ahmad Alxutami bilan ham uchrashdi.

Osama Kokandiy viloyat rahbariga parrandachilik sohasida Farg‘onada loyiha amalga oshirish rejalarini ma’lum qildi. Emat Abdulaziz tekstil sohasida hamkorlik qilish, Farg‘onada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoni bozoriga olib kirishda o‘z takliflarini bildirdi. Ahmad Alxutami bilan muzokaralarda esa til va turli kasblarga o‘qitish markazlari tashkil etish hamda 100 ming nafargacha farg‘onaliklarni Saudiya Arabistonida doimiy ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Bildirilgan takliflar asosida hamkorlikda ishni yo‘lga qo‘yish, ma’lumotlar almashinish va yaqin muddatlarda Farg‘onada qayta uchrashuvlar tashkil qilinishiga kelishildi.

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Quvayt va Saudiya Arabistoni safarini yakunlab, Farg‘onaga qaytib keldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin