date

Bugun Toshkent shahri va viloyatlarda Islom Karimov xotirasiga osh tarqatilmoqda

Bugun Toshkent shahri va viloyatlarda Islom Karimov xotirasiga osh tarqatilmoqda

Bugun Toshkent hokimiyati tashabbusi bilan shaharning bir necha restoranlarida O‘zbekistonning birinchi prezidenti xotirasiga osh berilmoqda.

Ushbu tadbir davlat rahbari dafn marosimi tashkil qilish hukumat komissiyasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, poytaxtdagi "Farovon", "Charog‘on", "Yakkasaroy" "Sayohat" va "Navruz" restoranlarida xalqqa osh tayyorlangan.

Ushbu ma’rakalarga istalgan kishi kelishi mumkin.

Xuddi shunday tadbirlar respublikaning barcha viloyatlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirlarni tashkil qilishga hokimiyat, yirik tashkilot va muassasalar jalb qilingan.

Ma’raka oshi – o‘zbek urf-odatlariga ko‘ra dafn marosimidan keyin marhum xotirasiga beriladi. Odatda bunday marosimlar ortiqcha dabdabasiz, o‘ta kamtarin sharoitda o‘tkaziladi. Osh tortilishidan oldin marhum xotirasiga fotiha o‘qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun Toshkent shahri va viloyatlarda Islom Karimov xotirasiga osh tarqatilmoqda