95
Yagona kommunal xizmatlar platformasi yaratiladi, 15 ta hududda IT-shaharcha tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.
Yig‘ilishda qayd qilinishicha, IT xizmatlari va eksportining asosiy ulushi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi, mutaxassislarning 80 foizi shu yerda yashaydi.
Shu bois, bu sohani chekka hududlarda ham rivojlantirish maqsadida, IT-shaharchalar tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyihaga ko‘ra, bunday maskanlar dastlab 15 ta hududda – Chimboy, G‘ijduvon, Zomin, Sharof Rashidov, Forish, Xatirchi, Pop, Shahrisabz, Qo‘shrabot, Sariosiyo, Sirdaryo, Parkent, Toshloq va Tuproqqal’a tumanlari hamda Xonobod shahrida tashkil qilinadi. Ularda yiliga 10 mingga yaqin yoshlar IT, chet tili va boshqa zamonaviy kasblar bo‘yicha bepul o‘qitiladi.
Prezident shaharchalar yoshlar uchun qulay joyda bo‘lishi, ularda yuqori malakali mutaxassislar dars berishi zarurligini ta’kidladi.
«Shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda hamma sohaga axborot texnologiyalarini biladigan kadrlar kerak. Bu sohada xizmatlar uchun ham, eksport uchun ham eng asosiy resurs bu – malakali mutaxassislar. IT-shaharchalar bu yo‘lda yoshlarga qanot bo‘ladigan, zamonaviy kasblarga o‘rgatadigan tizim bo‘lishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.
IT ta’lim va dasturiy mahsulot yo‘nalishidagi loyihalar bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan startaplar tanlovini IT-park orqali o‘tkazish taklif etilmoqda.
Davlat rahbari bu tanlovda ham, xuddi «President Tech Award» kabi, nufuzli xalqaro kompaniyalar tomonidan baholashni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Raqamli texnologiyalar sohasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida sun’iy intellekt va kosmik faoliyatga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, taqdimotda Yagona kommunal xizmatlar platformasini joriy etish bo‘yicha ham axborot berildi. Bu onlayn platforma orqali iste’molchilar 8 ta kommunal tashkilot xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Unda 14 tadan ortiq idoralar ma’lumotlarini bir nuqtada jamlash hamda avtomatlashtirilgan ravishda taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi