
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini o‘tkazishga doir zarur tavsiyalarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari:
- joriy yilning 25 may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;
- maktab o‘quvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;
- mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;
- faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;
- yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantiriladi;
- maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga «Eng faol ota», «Jonkuyar ona», «Mas’uliyatli ota-ona», «A’lochi o‘quvchi otasi», «Bilimli qiz onasi» nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi.
2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:
- turli restoran va kafelar, xonadonlarda «Bitiruv oqshomlari»ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;
- bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.
- o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar