
Foto: Ekologiya boshqarmasi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Yashnobod tumani, Aviasozlar 2 mavzesi, “Barkamol” MFY 8-uy oldida tabiiy omillar, ya’ni kuchli shamol esishi natijasida, bir dona zarang daraxti ildiz qismidan qo‘porilib tushgan.
Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Yashnobod tumani inspektorlari tomonidan o‘rganilganda, jabrlanganlar yo‘qligi, daraxt qo‘porilishi Tracker rusumli avtomashinasiga zarar yetkazgani aniqlandi.

Foto: Ekologiya boshqarmasi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar