Foto: Ekologiya vazirligi axborot xizmati
Rossiya kompaniyasi bilan strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 17 may kuni Davlat ekologik ekspertizasi markazida HPBSolution mas’uliyati cheklangan jamiyat vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda HPBS bilan hamkorlikda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini (carbon footprint) hisoblash bo‘yicha metodika ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro va milliy tadqiqotlarni chuqur tahlil qilish hamda xorijiy davlatlar tajribalarini har tomonlama o‘rganish asosida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan o‘quv-seminar, treninglar tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Markaz rahbari G‘ayratjon Muhamedov iqlim sohasidagi global kun tartibi yangi O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida Davlat ekologik ekspertizasi markazi va HPBSolution mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Ma’lumot uchun, ushbu memorandum markaz xodimlarining malakasini oshirish, atrof-muhitga ta’sir etuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida yuzaga keladigan issiqxona gazlari chiqindilari va uglerod izlarini hisoblash metodikasini ishlab chiqish, xalqaro va milliy tadqiqotlarni chuqur tahlil qilish hamda xorijiy davlatlar tajribalarini har tomonlama o‘rganish asosida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan o‘quv-seminar, treninglar tashkil etish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”