22:30 / 18.05.2024
89

Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi

Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi
Foto: FVV
Toshkent tumanida suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketgan 5 yoshli bola qutqarildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Holat Toshkent tumani “M.Fozilov” mahallasida joylashgan uylarning birida sodir bo‘lgan. Ushbu uy egasining 5 yoshli nabirasi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlisidagi suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketib, tizza bo‘g‘imlari bukilgan holda siqilib qolgan.

Dastlab uy egalarining o‘zlari bolani o‘radan chiqarib olishga harakat qilishgan, ammo barcha ishlar samarasiz bo‘lgan. Shundan so‘ng zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida o‘radan bolani hech qanday talafotlarsiz, sog‘-salomat chiqarib olib, yaqinlariga topshirgan. Bolaning ahvoli yaxshi bo‘lgani sababli tibbiyot xodimlariga murojaat qilinmagan.

Foto: FVV

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi