00:11 / 21.05.2024
176

Toshkentda bir nechta jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Toshkentda bir nechta jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlanib, jinoyat uchun jazo muqarrarligi prinsipi ta’minlangan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB tomonidan qo‘zg‘atilib tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra:

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining 15 aprel kunidagi hukmiga bilan 1987 yilda tug‘ilgan Muxamedjanov Azlarxon Botirovich Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 6 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan Xolmuradov Sunnatulla Chariyevich Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan aybli deb topilib, yetti yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudining 8 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan O‘rinov Umidjon Baxtiyor o‘g‘li Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari, 223-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, olti yil o‘n bir oy yigirma sakkiz kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir nechta jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi