52
Toshkentda Telegram orqali tanishgan ayolning 23 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan ayol ushlandi
Toshkent shahrida yashovchi 52 yoshli ayol Yu.A. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 23 mln so‘m pulni noma’lum shaxs o‘zlashtirganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ayol Yu.Z. sodir etgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Yu.Z., jabrlanuvchi Yu.A. bilan Telegram orqali tanishib, unga pullarini oz fursatda ko‘paytirib berishini va’da qilgan. So‘ng aldov yo‘li bilan uning 23 mln so‘m pulini o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Yu.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi