«Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.
Shuningdek, ta’lim krediti:
- oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;
- oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi 3 bahodan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.
Bundan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.
Bunda ta’lim krediti:
- OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish» (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish» (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;
- professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish» (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.
2024/2025 o‘quv yili boshlangungacha ta’lim krediti olish uchun arizalarni «Ta’lim krediti» axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi