54
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti O‘zbekistonda bioxilma-xillikni yaxshilash bo‘yicha loyihani amalga oshiradi
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchixonasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri birinchi o‘rinbosari Obid Qudratov va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori o‘rinbosari, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Mamlakatda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyiha doirasidagi keng ko‘lamli tadbirlar Orolbo‘yi mintaqasida "yashil" qoplamali maydonlar ko‘payishi va hududning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda bu boradagi sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirish maqsadida "Bioxilma-xillikni yaxshilash va o‘rmon xo‘jaligini barqaror boshqarish" mintaqaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va FAO o‘rtasida bitim imzolandi.
Mazkur loyiha doirasida uch yil davomida o‘rmon xo‘jaligi salohiyatini mustahkamlash, tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro ekspertlarni jalb etish, geoaxborot tizimlarini rivojlantirish, o‘rmon landshaftlarini tiklash bo‘yicha innovatsion g‘oya va takliflar ishlab chiqish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
Ushbu loyiha, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlarida amalga oshirilishi nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar