13:07 / 30.05.2024
188

Yerni ketma-ket ikki kun kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi

Yerni ketma-ket ikki kun kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi
Yerni 31 may va 1 aprel kunlari kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bunday kunlarda hatto sog‘lom odamlar salomatligida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Meteoagent o‘zining tegishli prognozini e’lon qildi.

Mazkur kunlarda K-indeksida 6 balli magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda. K-indeks geomagnit faollikni va bo‘ronlarni tavsiflovchi ko‘rsatkichdir. U qanchalik baland bo‘lsa, magnit bo‘roni shunchalik kuchli bo‘ladi. K-indeksi 0 dan 9 ballgacha ifodalanadi: 0 sokin, 1 kuchsiz, 2 va 3 kichik, 4 va 5 o‘rtacha, 6 va 7 kuchli, 8 va 9 ekstremal magnit bo‘ronidan dalolat beradi.

Magnit bo‘roni salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:
- bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
- uyqu buzilishi;
- diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
- qon bosimning buzilishi;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi;
- og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
- ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynishi;
- holsizlik.

Bunday kunlarda organizmga yordam bo‘lishi uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ratsiondan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, qahva miqdorini kamaytirib, ko‘proq o‘simliklardan tayyorlangan choy va suv iste’mol qilish kerak. Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qo‘shadi.

Ma’lumot o‘rnida, Quyoshda 29 may kuni X1.4. balli kuchli chaqnash sodir bo‘lgandi. Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Bunda minimal sinf A0.0 bo‘lib, Yer orbitasida kvadrat metrga 10 nanovatt radiatsiya quvvatiga to‘g‘ri keladi. Keyingi harfga o‘tishda quvvat 10 barobar ortadi. Quyoshdagi chaqnashlar odatda Yer tomon yo‘nalgani uchun magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yerni ketma-ket ikki kun kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi