Foto: Shutterstock
Toshkent shahrida uchta davlat bankiga tegishli yangi qurilgan ko‘p qavatli binolar sotuvga chiqarildi. Iqtisodchi Otabek Bakirov fikricha, ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish banklarning moliyaviy samaradorligini yomonlashtiradi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Tashkent City hududidagi “Asakabank”, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Aloqabank”ga tegishli ko‘p qavatli binolarni sotuvga qo‘ydi. Balandligi 26 qavatdan 33 qavatgacha, maydonlari 66,2 ming kvadrat metrdan 82,3 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan biznes markazlar sotuviga KPMG kompaniyasi konsultantlik qiladi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov mazkur savdo bo‘yicha bildirgan munosabatida banklar bino qurib sotishi noto‘g‘ri ekaniga urg‘u berdi.
“Bank aksiyadorlari, kengashi va boshqaruvi — binolar nima uchun qurildi va bitay deganda nima uchun sotilyapti, bu jarayonning iqtisodiy, moliyaviy manfaati va afzalligi nimadan iborat bo‘ldi, degan savolga javob bera olmasligi aniq. Lekin bu savolga hech bo‘lmasa, Markaziy bank aniqlik kiritishi kerak. Chunki bino qurib sotish banklarning vazifasi emas, nosog‘lom bank faoliyati hisoblanadi. Markaziy bankning regulyator sifatida qilishi kerak bo‘lgan ishlarning biri aynan banklarni kreditor, depozitor va omonatchilar manfaatlariga xavf soladigan operatsiyalardan tiyishdan iborat. Bu yana shuning uchun ham muhimki, amaldorlarning tor manfaatlari uchun o‘yinchoqqa aylantirilgan, sanalgan uchta davlat banki bino qurib sotishni yana davom ettirmoqchi. Gap o‘tgan oyda ovoza qilingan yaltiroq rejalar bilan cheklanmaydi, bu uchovlon bank xabarlarga ko‘ra, yangi Toshkentda yana yangi bino qurish topshiriqlarini olgan”, — deb yozgan iqtisodchi.
Otabek Bakirovni banklar binolarini Davaktiv agentligi orqali sotishmoqchi ekani ajablantirgan.
“Yana bir savol shuki, nega uchovlon qurilgan binolarni Davaktiv orqali sotmoqchi? Axir “xususiylashtirish otalari” qimmat sotish dizayni bilan emas, arzonlashtirib, tekinga sotish sxemalari bilan mashhur-ku? Mana “Xalq banki” eski binosini o‘zi sota oldi? Nega Davaktiv va uning sevimli konsultantini yollash kerak? Yo maqsad avvaldan tayinlangan “investorlar”ga binolarni topshirishmi?”, — deya savol qo‘ygan mutaxassis.
Otabek Bakirovning yozishicha, binolar Xitoy banklarining juda qimmat kreditlari hisobiga qurilgan.
“Har bir bino uchun olingan kreditlar 100 million dollardan 140 million dollargacha. To‘langan foizlar, komissiyalar, loyihalarning tayyorlash qiymati bilan binolarning tannarxi 26 qavatlisiniki 150 million dollardan, 33 qavatlisi 200 million dollargacha oshgan bo‘lishi tabiiy. Ko‘ramiz, Davaktiv qanchaga sotib berar ekan”, — qayd etgan jamoat faoli.
Avvalroq iqtisodchi banklarning ko‘chmas mulkka investitsiyalari (bu nafaqat qurilish va egalik, ko‘chmas mulk va qurilishga kreditlarni, investitsiyalar, boshqa xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi) moliyaviy samaradorlikni keskin yomonlashtiradigan omillardan hisoblanishini yozgandi.
Xabarlarga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” Yashnobod filiali o‘rnida 40 million dollar evaziga 21 qavatli bino qurmoqchi. Uning dastlabki to‘rt qavatida savdo-ko‘ngilochar kompleks, beshinchi qavatida bank, yuqori qavatlarida ofis va kvartiralar qurish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi