Videodan kadr
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida “zakladchik”larni kaltaklagan 14 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
2023 yilning fevral oyida narkotik modda egasini aldab, narkotikni o‘zlashtirib oluvchi “zakladchik”lar 17 nafar shaxs tomonidan kaltaklangan edi.
UzNews nashrining yozishicha, 30 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida Jinoyat kodeksining 28, 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 4-qismi “b” bandi, 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “a, b, v, d” bandlari, 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 2-qismi “a,b,v” bandlari va 130-1-moddasi (tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan 14 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qilgan.
Unga ko‘ra, sudlanuvchi A.B. 6 yilga, sudlanuvchilar N.I. va M.A. 5 yil-u 6 oyga, sudlanuvchi M.F. 5 yilga, sudlanuvchilar T.Sh., F.S., A.S. va Z.X. 4 yil-u 6 oyga, sudlanuvchilar J.Sh., M.J., M.S., T.N., K.A. va B.Sh.ga nisbatan 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar