
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan O‘g‘rilik jinoyati deb topiladi.
Xususan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudning 14.12.2023 yildagi O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «d» bandi bilan sudlangan F.S.ning hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 33 million so‘m jarima jazosini davlat foydasiga undirish haqidagi ijro varaqasi Byuroning Zomin tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilib, nusxalari taraflarga yuborilgan.
Olib borilgan ijro harakatlar natijasida F.S.dan 33 million so‘m jinoiy jarima to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Ushbu jarima fuqaro F.S. ga hayot darsi bo‘lib, boshqa bunday jinoiy ishlar bilan shug‘ullanishning huquqiy oqibatlarini tushunib yetsa yaxshi bo‘lardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar