
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta’ziyanomalar kelmoqda. Mazkur ta’ziyanomalarda ushbu qayg‘uli damlarda O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan.
Quyidagilar o‘z ta’ziyanomalarini yo‘llagan:
Marokash Qiroli – Muhammad VI
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti –Abdulaziz Buteflika
Chexiya Respublikasi Prezidenti – Milosh Zeman
Polsha Respublikasi Prezidenti – Andjey Duda
Polsha Respublikasi tashqi ishlar vaziri – Vitold Vashikovski
Maldiv Respublikasi Prezidenti – Abdulla Yamin Abdul Gayum
Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti – Saxiagiyn Elbegdorj
Gruziya Prezidenti – Giorgiy Margvelashvili
Gruziya Bosh vaziri – Georgiy Kvirikashvili
Gruziya tashqi ishlar vaziri – Mixeil Janelidze
Ruminiya tashqi ishlar vaziri – Lazar Komanesku
BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, ESKATO ijrochi kotibi – Shamshad Axtar
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti – Takexiko Nakao
Jahon banki guruhi ijrochi direktori – Yorg Friden
Energetika xartiyasi bosh kotibi – Urban Rusnak
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti – Suma Chakrabarti
Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi boshqaruvi raisi – Volfgang Byuxele
“Xayat interneyshnl” kompaniyasining Evropa, Osiyo va Yaqin Sharq bo‘yicha mintaqaviy prezidenti –Piter Fulton
“LEMKEN” kompaniyasi ijrochi direktori – Antoni van der Ley
“Uayt end Keys” kompaniyasi prezidenti – Jeyson Kerr
“INDORAMA” korporasiyasi boshqaruvi a’zosi – Prakash Kejrival
“Sumitomo Korporeyshn” prezidenti va katta ijrochi direktori – Kunixaru Nakamura
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mintaqaviy direktori – Jujanna Yakob
Evropa Parlamentining Markaziy Osiyo bo‘yicha delegasiyasi raisi – Iveta Grigule
Rossiya televidenie va radioeshittirishlar uyushmasi rahbari – Eduard Sagalaev
Sukuba universiteti prezidenti – Kyosuke Nagata
Bremen universiteti professori – Xagen Lixtenberg.
Ta’ziyanomalar kelishi davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing