117
Farg‘onada to‘y kortejidagi avtomobildan soxta pul sochgan yigitga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Kadr: Telegram
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida avtomobil lyukidan tanasini chiqarib, soxta pul sochgan yigitga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil salonidan chiqib, pul sochayotgan yigitning aks etgan videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tumani sudida ko‘rib chiqilgan.
"Akamning to‘yidagi to‘y kortejida pul sochgan edim. Bu harakatimni qo‘l telefonimga videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladim. So‘ngra mening ushbu xatti-harakatlarimning noto‘g‘ri ekanligini tushuntirishdi. Bu ishimdan pushaymonman, tengdoshlarimga ham tavsiya qilmayman", — deydi huquqbuzar yigit.
Unga ko‘ra, pul sochgan yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Bir necha kun oldin Qo‘qon shahrida yo‘lda tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxs va haydovchiga chora ko‘rilgan edi. Yanvar o‘rtalarida esa Samarqand viloyatida guruh bo‘lib qoidalarni buzgan holda harakatlangan Gentra haydovchilari va tanasini mashinadan chiqarib soxta dollar sochgan shaxslar javobgarlikka tortilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi