Joriy yilning 29 may kuni poytaxt havosi tarkibidagi kislorod miqdori me’yoridan pasayib ketgani aytilmoqda. Mutaxassis fikricha, bunga bir necha omillar ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Iqtimshunos Erkin Abdulahatov Telegram'da Toshkent shahrida havo tarkibidagi kislorod miqdori pasayib ketgani haqida yozdi.
“Havaskor tadqiqotchilarimizdan biri 29 may kuni poytaxtda havo tarkibidagi kislorod o‘lchanganda miqdor 19,5 foizdan pasayib ketgani, aksincha havoda azot miqdori sezilarli ortganini aniqlagan. Kislorod yetishmovchiligi kishilarning to‘yib uxlamasligida yaqqol ko‘rinadi. Ayni ko‘klamda poytaxtda kislorod yetishmovchiligi iqlimiy omil, sun’iy suv obyektlarining kamligi sabab ro‘y bermoqda. Sun’iy suv obyektlarida xlorella kabi suv o‘tlarini ko‘paytirish vaziyatni birmuncha yumshatadi. Kelgusida poytaxt va yirik shaharlarda ham Argentinaning yirik shaharlaridagi kabi havo tarkibidagi karbonat angdridni yutib, doimiy kislorod ishlab chiqaradigan qurilmalar o‘rnatishga ehtiyoj oshib boraveradi”, — deb yozgan mutaxassis.
Erkin Abdulahatovning qo‘shimcha qilishicha, harorat ko‘tarilishi havo tarkibidagi kislorod kamayishi va atmosfera bosimining pasayishi surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib keladi. Bu arterial gipertoniya, yurakning ishemik xastaligi, nafas olish o‘pka kasalliklari bo‘lgan bemorlarga salbiy ta’sir qiladi.
“Ayniqsa, yirik shaharlar, yashil fitomassa, sun’iy suv obyektlaridan holi yirik tekislik shaharlarda bu yanada kuchli seziladi. Tog‘ etaklari, yashil qoplamalar, ko‘plab suv obyektlari atrofidagi hududlarda bu kabi holat kuzatilmaydi hisob”, — deya qayd etgan u.
Shu bilan birga, iqlimshunos bemorlarga bir qancha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashgan.
“Yuqoridagi xastalikka moyil aholi qatlami shifokor bilan maslahatlashib, nafas olish mashqlarini bajarishi, nisbatan sovuq suv muolajalarini qabul qilishi, yurak-qon tomir faoliyatini rostlovchi dori-darmonlarni iste’mol qilishi tavsiya etiladi. Nisbatan salqin joylarda yurish, kuchli zo‘riqish, aqliy mehnatlarni kuchaytirish tavsiya etilmaydi”, — deb yozgan Erkin Abdulahatov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi