09:43 / 03.06.2024
119

O‘zbekiston Qatar uchun mehnat migrantlarini tayyorlab beradi

O‘zbekiston Qatar uchun mehnat migrantlarini tayyorlab beradi
Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar davlat mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda asosiy e’tibor O‘zbekistondan Qatarga ishchi kuchini jalb etish, ularni tayyorlash va uyushgan tarzda yuborish masalalariga qaratilgan.

2023 yilning 6 iyun kuni Samarqand shahrida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida “Qatar davlati hududida ishchi kuchi bandligini tartibga solish to‘g‘risida”gi bitim imzolangan. Uchrashuvda ushbu bitimni hayotga tatbiq etish mexanizmlariga to‘xtalib o‘tilgan.

Qatar davlat mehnat vazirining ta’kidlashicha, mamlakatda ayni vaqtda tibbiyot, ta’lim, IT, mahsulotlarni sanoat usulida qayta ishlash, mehmonxona xizmati va OAV sohalarida xorijlik ishchi kuchiga talab yuqori. Ushbu davlatda ishlash istagida bo‘lganlarni qiynayotgan eng katta masala bu til to‘sig‘i ekanligi aytib o‘tildi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev ushbu muammoni yechish bo‘yicha shu yerdagi mavjud tajribadan kelib chiqib ishchi kuchini maqsadli tayyorlash bo‘yicha o‘z takliflarini bergan.

Ali bin Samih al-Marri xorijdan borib ishlovchilarning huquqlari davlat tomonidan mustahkam himoya qilinishi, ayni maqsad va ko‘rsatkichlar 2008 yilda tasdiqlangan “Qatar Vision – 2030” dasturida ham o‘z aksini topganini ma’lum qilgan. Shuningdek, xorijlik ishchilarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy sug‘urtasi, oylik, transport va yashash joylari xarajatlarini ish beruvchi tomonidan to‘liq qoplash yo‘lga qo‘yilganini, hamda chetdan borib ishlovchi ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etilganini aytib o‘tgan.

Uchrashuvda qayd etilganidek, ikki davlat vazirliklari o‘rtasida qo‘shma komissiya tuzilib, uning navbatdagi yig‘ilishi Qatarda o‘tkaziladi va unda hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Qatar uchun mehnat migrantlarini tayyorlab beradi