10:03 / 04.06.2024
140

Surxondaryoda futbol musobaqasi paytida tartibsizlik qilgan 13 nafar shaxsga chora ko‘rildi

Surxondaryoda futbol musobaqasi paytida tartibsizlik qilgan 13 nafar shaxsga chora ko‘rildi
Kadr: Telegram
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida o‘tkazilgan futbol musobaqasi paytida tartibsizlik keltirib chiqarib, ichki ishlar organi xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan fuqarolarga qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 31 may kuni aholi yoshlar o‘rtasida futbol va mini futbol musobaqalarini o‘tkazish uchun tumanning “Obod turmush” mahallasida yig‘ilgan. O‘yin boshlanish vaqtida tomoshabinlardan biri (1990 yilda tug‘ilgan) o‘yin maydonini tark etmasdan, musobaqani boshlashga xalaqit qilgan.

Fuqaro uni maydondan chiqarish uchun kelgan IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan. U 12 nafar mahalladoshi bilan birga jamoat tartibini buzib, futbol maydonida shovqin ko‘tarib, musobaqa buzilishiga sababchi bo‘lgan.

Jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, xizmat burchini bajarayotgan xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik), 194 (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda futbol musobaqasi paytida tartibsizlik qilgan 13 nafar shaxsga chora ko‘rildi