11:53 / 04.06.2024
143

Toshkent viloyatidan Rossiyaga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi

Toshkent viloyatidan Rossiyaga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi
Foto: Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Rossiyaning Avtonom notijorat tashkiloti mintaqaviy kadrlar agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Liliya Baturskaya boshchiligida viloyatda mehmon bo‘lgan Nijniy Novgorod viloyati delegatsiyasi, avvalo, hududlardagi tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Toshkent viloyatidagi o‘quv markazlarida mehnat migrantlarining Rossiyada qonuniy ishga joylashish bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, til o‘rgatish kurslarida o‘qish, rossiyalik ish beruvchilar talabiga binoan malaka oshirish, bir so‘z bilan aytganda, fuqarolarni jo‘nab ketishdan oldin keng qamrovli tayyorlash ishlari xususida tushuntirishlar berildi.

Nijegorod viloyati bilan tuzilgan bitimga ko‘ra, kelgusida kadrlar almashinuvi, mehnat migratsiyasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha uzoq muddatli manfaatdorlik ekanligi ta’kidlandi.

Muzokaralar chog‘ida viloyatda qishloq xo‘jaligi, qurilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, dehqonchilik sohasida 5 mingdan ortiq ishchilar zarurligi, o‘rtacha oylik ish haqi 50-70 ming rublni tashkil etilishi ham qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatidan Rossiyaga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi