13:54 / 04.06.2024
122

5 iyun kuni uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

5 iyun kuni uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
“O‘zgidromet” 5 iyun, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 29-34 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 iyun kuni uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi