Samarqand viloyati IIB TQX JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan bir nechta tovlamachilik jinoyatlari fosh etildi.
Qo‘shrabotlik 30 yoshli shaxs hali turmushga chiqmagan 20 yoshlardagi qiz bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. U ham yetmagandek o‘sha vaziyatni g‘arazli niyatda video tasvirga olgan va oradan vaqt o‘tib munosabatlar yomonlashganligi sababli ushbu tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan dastlab 800 000 so‘m pul hamda yangi qo‘l telefoni olgan.
«O‘rgangan ko‘ngil – o‘rtansa qo‘ymas» deganlaridek, o‘sha shaxs qizdan yana tovlamachilik yo‘li bilan 1000 AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan. Holat yuzasidan 2024 yil 14 may kuni Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tovlamachi arizachidan 1 mln 200 000 so‘m pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Navbatdagi tadbirda ham tovlamachilik qilganlar ushlandi. Bir tashkilotda ishlovchi bo‘lim boshlig‘i rahbar kotibasi bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Joriy yilning may oyida ikkalasi bir manzilda uchrashayotgan vaqtda kotibaning boshqa sevgilisi holatning ustiga kelib qoladi va ularni videotasvirga oladi. 10 ming AQSH dollari bermasa tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitadi.
Tovlamachilar dastlab 3 ming dollarni qo‘lga kiritadi va qolganini ham tezroq berishini talab qiladi. 20 may kuni Samarqand shahar Bedil ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida arizachidan ushbu ayol va erkak tovlamachilik yo‘li bilan 4000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Keyingi holatda ham tovlamachi ushlandi. 33 yoshli shaxs turmushidan ajrashgan 37 yoshlardagi ayol bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelgan. O‘sha jarayonlarni g‘arazli niyatlarda video tasvirga tushirgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish bilan qo‘rqitib, dastlab undan tovlamachilik yo‘li bilan 3.500 AQSH dollari miqdorida pul olgan. Mazkur shaxs jinoiy faoliyatini davom ettirib, tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Alal-oqibat ushbu fotosuratlarni o‘chirish evaziga yana 10.000 AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan.
Joriy yilning 25 may kuni Samarqand tumani Badal qishlog‘ida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tovlamachi arizachidan 7.500 AQSH dollari hamda 2000 yevro miqdoridagi pullarni olayotgangan vaqtida Samarqand viloyati IIB TQX JQB UJQKB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holatlarning barchasi hujjatlashtirilgan va jinoyat sodir etgan shaxslar tegishli tartibda qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?