
Foto: Prezident matbuot xizmati
Anqara shahriga tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston rahbariga Rajab Toyyib Erdog‘an tantanali ravishda topshirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Bugun, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir. Ushbu mukofot xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir, – dedi davlatimiz rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lumot uchun, mazkur oliy mukofot Turkiya Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi.
Shavkat MirziyoyevTurkiya RespublikasiO‘zbekiston RahbariMukofot TaqdiriStrategik SheriklikDo‘stona Munosabatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar