Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yakkasaroy tumanida bunyod etilgan suv sporti saroyini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan. E’tiborlisi, bu yerda ham professional sportchilar, ham havaskorlar uchun sharoit yaratilgan. 50 metrli basseyn va 500 o‘rinli tomoshagohga ega katta zalda xalqaro miqyosdagi musobaqalar, terma jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun zamonaviy sharoitlar bor. Balandlikdan sakrash va kichik havzalarda bolalar suv sportini o‘rganadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Majmuada yoshlar, mehnat jamoalari va faxriylar salomatliklarini mustahkamlashi mumkin. U bir vaqtning o‘zida 100 nafar, bir kunda mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Ikkinchi qavatda ma’muriyat va murabbiylar xonasi, konferensiya zali, trenajyor xonasi hamda sport sharhlovchilari uchun maxsus xonalar joylashgan.
Majmua negizida Suv sporti maktabi tashkil etilgan. Davlat rahbari bu yerda yosh sportchilarning mashg‘ulotlarini kuzatdi. Ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, ulkan yutuqlarga ruhlantirdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu yil Parij shahrida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidan 13 nafar sportchi litsenziya qo‘lga kiritgan. Prezident mazkur sportchilar va murabbiylar bilan suhbatlashdi.
“Shahar-u qishloqlarda sport majmualari qurib, uni ommalashtirishga katta e’tibor beryapmiz. Chunki sport bilan shug‘ullangan yoshlar kam bo‘lmaydi, sog‘lom bo‘ladi, bolalariniyam shunday tarbiyalaydi. Sizdek professional sportchilar bu yo‘lda yoshlarga ham iftixor, ham o‘rnak bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari