
Majburiy ijro Byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi Qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan qidiruvdagi qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklari turgan joyini aniqlash, ularga qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida mamlakat bo‘ylab samarali va tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, hududiy tuman-shahar bo‘limlari ish yurituvidagi banklar foydasiga qarzdorliklarini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmagan qarzdorlarga nisbatan majburiy ijro harakatlari olib borilib, ularning nomidagi va garovga qo‘yilgan avtomashinalar qidirib topilishi ta’minlanib, xatlab kelinmoqda.
Jumladan, Byuroning Karmana tuman bo‘limi ish yurituvidagi banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq 5 ta 198,9 mln. so‘mlik ijro xujjatlari bo‘yicha kidiruv e’lon kilingan X.E. nomidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushlanib, xatlandi va jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Bu boradagi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Majburiy IjroNavoiy ViloyatiQidiruv Sho‘basiAvtomashina TopildiTezkor QidiruvIjro Hujjatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar