Foto: Prezident matbuot xizmati
10 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida energosamaradorlik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Rasmiy relizda aytilishicha, O‘zbekistonda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetgan. Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shu munosabat bilan yig‘ilishda davlat rahbari elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi.
Shuningdek, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi o‘rnatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»