15:10 / 12.06.2024
53

Toshkentda o‘zganing nomiga 44 mln so‘m kredit olib, mablag‘larni ishlatib yuborgan ayol ushlandi

Toshkentda o‘zganing nomiga 44 mln so‘m kredit olib, mablag‘larni ishlatib yuborgan ayol ushlandi
Toshkent shahrida o‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi 51 yoshli O.X. IIOga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra uning nomiga 44 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ayol X.U. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi X.U. jabrlanuvchi O.X.ga SMS-xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazgan. Ayol mablag‘larni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan X.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘zganing nomiga 44 mln so‘m kredit olib, mablag‘larni ishlatib yuborgan ayol ushlandi