15:31 / 24.06.2024
211

Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga tashrifi sababini ochiqladi: “Yangi bozor ochish uchun keldik”

Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga tashrifi sababini ochiqladi: “Yangi bozor ochish uchun keldik”
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux o‘zining Twitter'dagi sahifasi orqali O‘zbekistonga nima sababdan tashrif buyurgani haqida yozdi.

"O‘zbekistonga 40 dan ortiq milliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va o‘rta korxonalar rahbarlari yangi bozor ochish uchun tashrif buyurmoqda", — deb yozdi Mo‘g‘uliston prezidenti.

Bugun, 24 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga tashrifi sababini ochiqladi: “Yangi bozor ochish uchun keldik”