Joriy yil 22 iyun kuni Qarshi davlat universitetida pichoqbozlik yuz bergani va unda fuqaro M.E o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan mazkur universitetning talabasi fuqaro S.T. bilan universitet hududida o‘zaro janjallashib, uning tanasini turli sohalariga o‘zi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazgani xabar qilingan edi.
Voqea rivojida fuqaro M.E. ham o‘zining qorin bo‘shlig‘iga pichoq sanchib, o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazgan.
«Mening yurtim» telekanalining axborot dasturida ma’lum qilinishicha, hozirda har ikkala fuqaroning ahvoli qoniqarli.
«Soat 9:00 lar atrofida bizga 2 nafar bemor olib kelindi. Og‘ir ahvolda bo‘lgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri operatsion bo‘limga olindi. Kerakli tekshiruvlar o‘tkazilib, jarohatlari tikildi.
Hozirda bemorlarning ahvoli barqaror. Hozirgi kunda ulardan biri xirurgiya bo‘limida, ikkinchisi esa reanimatsiya bo‘limida standart bo‘yicha davo muolajalarini olib kelmoqda», – deydi bemorlarni qabul qilgan shifokor.
Mazkur voqea muhokamasida aytilishicha, yigit bu ishni qizning oila a’zolari unga qizlarini bermasligini aytganidan keyin sodir etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi