
Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida, Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mo‘g‘uliston prezidenti, O‘zbekiston bosh vaziri, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Tadbir qatnashchilari elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O‘zbekiston ham yaqin kelajakda Ulan-Batorda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Mo‘g‘ulistonning birinchi prezidenti bo‘ldi.
Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari “Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risida”gi qo‘shma bayonotga imzo chekdi.
Tomonlar o‘rtasida jami 14 ta hujjat imzolandi.
Mo‘g‘uliston ElchixonasiToshkent ShahriDavlat TashrifiUxnaagiyn XurelsuxO‘zbekiston Bosh VaziriHujjat Imzolash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing