09:50 / 28.06.2024
198

Toshkentdagi “Chorsu” bozorida yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “Chorsu” bozorida yong‘in chiqdi
Kadr: Telegram
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 28 iyun kuni soat 01:12 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan “Chorsu” bozor hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:17da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:22 da qurshab olingan va yong‘in soat 02:47 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Hodisa joyida favqulodda vaziyatlar vaziri va tegishli tashkilotlar rahbarlari o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi “Chorsu” bozorida yong‘in chiqdi