15:13 / 02.07.2024
259

Jizzaxda kirakash ehtiyotsizlik sabab mashina orqasida yotgan yo‘lovchini bosib ketdi

Jizzaxda kirakash ehtiyotsizlik sabab mashina orqasida yotgan yo‘lovchini bosib ketdi
Kadr: Telegram
Jizzax viloyatida kirakashlik bilan shug‘ullanib kelgan Nexia haydovchisi bir fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 7 yanvar kuni Zomin tumani “Peshag‘or” mahallasida kirakashlik bilan shug‘ullangan haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia avtomobilida qarz undirish tashvishida yurgan tanishini manziliga olib borgan. Bu orada mashinaga yana bir hamqishlog‘i o‘tirgan. Ular spirtli ichimlik ichib, ziyofat uchun dala maydonini tanlagan. Haydovchi kimdir bilan telefonda gaplashib, jahl ustida mashinani orqaga haydagan. Aynan o‘sha paytda mashinaning orqasida yotgan yo‘lovchilardan birining boshi jarohatlangan.

Kirakash bu xatti-harakatidan qo‘rqib ketib, jabrlanuvchini tashlab ketishga qaror qilgan. Shu bois haydovchi yonidagi yana bir sherigini jabrlanuvchi hushiga kelgach, o‘zi ketishiga ishontirgan. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, voqea guvohini kimdir so‘rasa, uni bekatda qoldirganini aytishiga ko‘ndirgan.

Holat yuzasidan sud ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati Zomin tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud majlisida haydovchi e’tiborsizligi sabab bir inson hayotiga zomin bo‘lganini, unga tibbiy yordam yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmaganini tan olib, kechirim so‘ragan.

Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan, 3 yil barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda kirakash ehtiyotsizlik sabab mashina orqasida yotgan yo‘lovchini bosib ketdi