
Foto: Toshshahartransxizmat
Poytaxtning Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish va Moyqo‘rg‘on ko‘chalarida suv quvuri yorilib toshganligi sabab avtotransport vositalarini harakati vaqtinchalik cheklanmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘chalarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Shuningdek, shu ko‘chalardan harakatlanuvchi 6, 24 va 142-sonli avtobus yo‘nalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari reja asosida tashkil etilishida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Avvalroq tumandagi d1200mm katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida avariya yuz bergani, buning oqibatida ko‘chalarni suv bosgani haqida xabar berilgandi.
“O‘zsuvta’minot”ning ma’lum qilishicha, ayni damda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 