
Shayxontohur tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bugun, 3 iyul kuni soat 13:54 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Quvur ariq 2-tor ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:25 da o‘rab olingan va soat 14:47 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar