Toshkent shahrida ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta havolalarni jo‘natish orqali fuqarolarning bank kartalaridagi mablag‘ini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi 39 yoshli ayol S.G. ichki ishlar organiga murojaat qilib, bank kartasidagi 4 mln 949 ming so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini bildirgan. Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 42 yoshli N.A. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.A. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi havolalarni jo‘natib, ularni qiziqtirgani, so‘ngra bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan holda undagi pullarni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (qonunga xilof ravishda axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib o‘g‘irlik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur turdagi jinoyatni sodir etganlik uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi