Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yong‘in yuz berdi

Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yong‘in yuz berdi
Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yong‘in yuz berdi
Foto: Toshkent shahar FVB matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bugun, 6 iyul kuni soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti vokzal oldi maydonida yangi “Terminal” kafesida yong‘in kelib chiqqan.

Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelgan. Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 5 kvadrat metr maydonga zarar yetkazilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga oshxonadagi kichik yong‘in sabab bo‘lgan.

Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda”, deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar