58
Nukusda qo‘lbola usulda tayyorlangan “Qaratau” nomli alkogol mahsulotlari aylanmasiga chek qo‘yildi
Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan oldindan kuzatuvga olingan fuqaro o‘z avtomashinasida “shartli xaridor”ga 120 shishada jami 60 litr “Qaratau” yozuvli qo‘lbola usulda tayyorlangan aroqlarni sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, 240 dona shishada jami 140 litr “Qaratau” yozuvli qo‘lbola usulda tayyorlangan, qalbaki aksiz markalari bilan qadoqlangan alkogol mahsulotlari saqlab kelinayotgani fosh etilgan.
O‘tkazilgan xuddi shunday yana bir tezkor tadbir davomida Nukus shahri hududida istiqomat qiluvchi fuqaro J.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadondan ham inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilayotgani fosh etilgan.
Mazkur xonadonda 75,5 litr sifatsiz aroq mahsuloti saqlab kelinayotgan bo‘lsa, xonadon egasining shaxsiy avtotransport vositasida o‘z xaridorlarini zaharlashga oshiqayotgan 144 dona shishada 72 litr sifatsiz aroq mahsulotlari borligi aniqlangan.
Holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi