21:00 / 07.07.2024
163

Telegram orqali soxta havola jo‘natib odamlarning pullarini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi

Telegram orqali soxta havola jo‘natib odamlarning pullarini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
Foto: Shutterstock
Toshkentda internet orqali soxta havola jo‘natib odamlarning pullarini o‘zlashtirib kelgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida yashovchi 39 yoshli ayol S.G. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 4 mln 949 ming so‘m puli noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 42 yoshli N.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.A. internet foydalanuvchilariga Telegram'dan turli havola jo‘natib, odamlarning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali ularda saqlangan pullarni o‘g‘irlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Telegram orqali soxta havola jo‘natib odamlarning pullarini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi