Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati
Namanganda noyob qilichlar va Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana o‘ntaga ortgan.
Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan xolatda saqlangan. U qattiq po‘latdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan. Dunyo po‘lat markazi sifatida tan olingan Axsikentning yumshoq va qattiq po‘lati mashhur. Uning yaratilishi esa hozirgacha sir.
Ikkinchi qilich esa XIV asrga oid bo‘lib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan.
Topilgan Baqtriya tangasi 475-600 yillarga, Xitoy tangasi esa XIX asrga oid. Uchta nodir kitob ilm-ma’rifatga, falsafa va tarixga oid bo‘lib, ularda noyob ilm bitilgan.
- Tanganing o‘ng tomonidagi 2 iyeroglif: Kashi / Kashi 喀什 - Qashqar. Chap tomonidagi 2 iyeroglif : san / san 参 - va jir / jin 金 – oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang / guang 光- yorug‘lik ma’nosini beradi Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan / yuan 圓 yumaloq, ya’ni doira degan ma’noni beradi. Tanganinn o‘rtasidagi teshilgan joyidagi iyeroglifni o‘qish qiyin. Biroq, u shyuy 緒 iyeroglifini bildiryapti. Chunki Gaungshyuy / Guangxu 光緒 nomiga o‘xshayapti. U 1875 -1908 yillarda Xitoyni boshqargan, - deydi tarixchi olim Sherali Qo‘ldoshev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi