Poytaxt ko‘chalarida qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan avtobus haydovchilari qora ro‘yxatga kiritilmoqda, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati.
Joriy yilning 8 iyul kuni 67 va 18-sonli avtobuslar yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ushbu holat «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi, Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i va mas’ul xodimlar ishtirokida tanqidiy muhokama qilinib, yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani, o‘z xizmat vazifasini suiste’mol qilib qo‘pol qoidabuzarlikni amalga oshirgani uchun ushbu haydovchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot berilishicha, qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgani uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan haydovchilarning elektron bazasi, ya’ni, «Qora ro‘yxat» joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ushbu haydovchilar avtobus saroyi filiallariga qayta ishga olinmasliklari qat’iy belgilangan. Hozirda ushbu ro‘yxatga kiritilgan haydovchilar soni 197 nafarni tashkil etmoqda. 18-sonli avtobus haydovchisi ham sodir etgan qoidabuzarligi uchun ushbu ro‘yxatga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi