date
views 1 058

Munisa Rizaeva qimmatbaho avtomobillari, qurayotgan hovlisi hamda Instagram’dan qancha pul ishlashini aytdi

Munisa Rizaeva qimmatbaho avtomobillari, qurayotgan hovlisi hamda Instagram’dan qancha pul ishlashini aytdi
Bloger Jahongir Latipov Munisa Rizaeva bilan intervyu tashkillashtirdi. Ushbu intervyuda xonanda avtomobillari hamda shaxsiy hayotidagi yangiliklar haqida soʻzlab berdi.

2023 yilda Gelandewagen avtomobilini 420 ming dollarga xarid qildik. Undan keyin turmush oʻrtogʻim menga yana bir Mercedes avtomobilini sovgʻa qildi. Chunki men u paytda xizmatlarga Malibu’da yurardim. Keyinroq men homilador boʻldim va Filippindan enagamiz uchib keldi hamda turmush oʻrtogʻim endi farzandli boʻlsak, hammamiz bu avtomobilga sigʻmaymiz, deb 7 kishilik Lixiang L9 avtomobilini olib berdilar. Hozirda yoki Urus yoki Rolls-Royce avtomobilini sotib olmoqchimiz, deydi xonanda.

Foto: Instagram
Munisa Rizaeva Instagram’dan qancha daromad topishi haqida ham gapirib oʻtdi.

Hozirgi kunda Instagram’imda juda katta jamoa ishlaydi. Sahifamni yuritish uchun juda katta mablagʻ sarflaymiz. Instagram’im faolligi juda ortib ketgan. Oldin Munisa Rizaevani yaxshi koʻrgan boʻlishsa, hozirda Arseniy ikkalamizni juftlik sifatida kuzatish hammaga qiziq boʻlyapti. Sahifamda chiqadigan reklamalar juda qattiq tanlab olinadi. Stories’imda reklama joylash 3500 dollardan 10 ming dollargacha. Yaqinda biz bitta shartnoma tuzib, bitta postni 120 ming dollarga joylashtirib berdik.

Xonanda, shuningdek, ayni paytda poytaxtdan yer sotib olib, uy qurayotgani haqida ham gapirdi.

Hozirgi kunda shahardan sal uzoqroqda 11 sotix yer sotib olib, hovli quryapmiz. Barcha xarajatlar turmush oʻrtogʻimning zimmasida. Ayni paytda homilador boʻlganim uchun toʻy xizmatlarini kamaytirganmiz. Avvallari bir kunda 10 dan ortiq xizmatga borsak, bugun koʻpi bilan 5 ta toʻyga chiqyapman.

"Farzandimning jinsini bilaman, lekin ommaga oshkor qilishni xohlamayman. Biz ism ham tanlab qoʻyganmiz", deydi Munisa Rizaeva.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Munisa Rizaeva qimmatbaho avtomobillari, qurayotgan hovlisi hamda Instagram’dan qancha pul ishlashini aytdi